Sardoba suv ombori dambasidan suv çiqişi yuzaga keldi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
⚡️ RASMIY MAʼLUMOT: Sardoba suv omboridan suv çiqişi böyiça birlamçi maʼlumot
2020-yil 1-may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylaşgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv çiqişi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan.
Mazkur vaziyat böyiça zudlik bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat quyi tizimiga kiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda Qörğontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtinça evakuatsiya qiliş işlari davom etmoqda.
Şuningdek, suv bosişi xavfi mavjud bölgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan töliq nazoratga olingan.
Vaziyat yuzasidan qöşimça maʼlumotlar berib boriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
👉 @xushnudbek 👈
- 😱 34



