Tovuqlar va tulki haqida bölmağur masal
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganHayvonot olamida qiziq-qiziq voqealar bölib turadi. Buni faqat biz insonlar unça tuşuna olmaymiz xolos. Ana şunday töqima voqealardan biri aks etgan quyidagi masalni bir öqib köring-a:
Tovuqlar va tulki haqida bölmağur masal
Bir örmonda tovuqlar
Tulkidan bezor erdi.
Tulkivoy-çi, öğirlab
Ular tuxumin yerdi.
Bir kuni oxir piçoq,
Qadaldi xonumonga.
Tovuqlar arz qilişdi,
Örmon şohi Arslonga.
Arslon ham uzoq öylab,
Kelibdi şu qarorga.
Arizani beribdi
Ayiqvoy prokurorga.
Ayiqvoy ham darğazab
Xatni olib qöliga.
Imzolab tuşiribdi
Mirşab boşi Böriga.
Börining ham jahli tez,
Öşqirib şunday debdi:
“Şunça arz-dod şungami!?
Bir tuxum yesa-yebdi”
Lek, topşiriq tepadan,
Ijrosin qilmoq kerak.
Buni körib çiqişni
Tulkiga “ilmoq” kerak!
Tuşadi söng ariza
Tulkivoyning öziga.
Tovuqlarni çaqirib,
Körsatadi köziga.
Avval yulib patlarin,
Orqasini qizdirdi.
“Muammo hal böldi” deb,
Özlariga yozdirdi.
Söngra hisobot uçun
Qalam olib qöliga,
“Muammo hal böldi” deb,
Xat yozadi Böriga.
Böri Ayiqqa yozar
Qöliga qalam olib,
Tulkivoyning xatini
Qöyar ilova qilib.
Ayiq Arslonga kirib,
“Adolat tiklandi!” der.
Qoyillatib qöygandek
Köksini kerardi Şer.
Xullas, şu yerga kelib,
Ertak tamom böladi.
Keçagi öğriliklar
Bugun hamon böladi!!!
Masal muallifi noaniq, internetdan olindi
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3

