Xotin-qizlar mehnat huquqlari kafolatlari kuçaytirildi
Prezident xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlariga oid yirik qarorni imzoladi
Unga köra, 2019-yil 1-maydan:
👉 ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qöllaş böyiça taqiqlar bekor qilinadi (töliq röyxat mana bu yerda);
👉 tavsiyaviy xarakterdagi ayollar soğliğiga salbiy taʼsir etişi mumkin bölgan soha yoki kasblar röyxati tasdiqlanadi;
👉 bola parvarişlaş taʼtilining kamida uç oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qöşimça bir oy nafaqa tölanadigan bola parvarişlaş taʼtili beriladi;
👉 ikki yoşga tölmagan farzandini tarbiyalovçi ota-onalarning biriga ularning iş paytidagi dam oliş va ovqatlaniş, bolani ovqatlantiriş uçun beriladigan tanaffuslar hisobidan iş beruvçi bilan kelişgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilaş huquqi beriladi;
👉 ayollarning pensiya yoşiga tölganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoşga doir davlat pensiyasini oliş huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat şartnomasini 60 yoşga tölgunga qadar yoki muddatli mehnat şartnomasini muddati tugagunga qadar iş beruvçining taşabbusiga köra bekor qiliş taqiqlanadi;
👉 erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilişi bilan boğliq işlarning sudlarda körib çiqilişida ayollarga advokatlar tomonidan körsatiladigan yuridik xizmat uçun haq ularning xohişiga köra davlat hisobidan qoplanadi.
👉 “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" taşkil etiladi;
👉 Markaz bir qator vazifalarni, xususan, norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga röyxatdan ötiş, “Hunarmand” uyuşmasiga aʼzo böliş orqali soliqlar va boşqa turdagi imtiyozlardan foydalanişda hamda imtiyozli kredit olişda amaliy yordam körsatadi;
👉 markazda öqigan ayollarga tuman (şahar) Xotin-qizlar qömitasi raisi tavsiyasiga köra tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun 3 yildan köp bölmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi;
👉 Quyidagi qonun loyihalari işlab çiqiladi:
— «Erkaklar va ayollar uçun teng huquqlar va teng imkoniyatlar kafolatlari töğrisida»;
— «Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonliklardan himoya qiliş töğrisida».
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1

