Prezident Mirziyoyev O‘zbekistonning JSTga kirishini muhim maqsad deb atadi
Manba:Iqtisodchi Kundaligi
“Oʻzbekistonning yaqin kelajakdagi eng zarur va muhim maqsadi — JSTga kirish” debdi Prezident Mirziyoyev Yaponiyaning “Nikkei Asian Review” nashriga. (Uzbekistan's most urgent and important policy goal is to be admitted to the WTO)
Bu narsani yaxshi yangilik desa boʻladi. JSTga kirish tezligi boʻyicha rekordni qoʻshni Qirgʻiziston qoʻygan. Biz qoʻshnilarimiz qoʻygan rekordidan tezroq kirsak juda ham yaxshi boʻlar edi.
Esimizdan chiqarmaylik, hatto bir tamomlama savdo toʻsiqlardan voz kechish ham iqtisodiyot uchun katta foyda. Yaʼni biz bojlarni kamaytirsak, lekin biz bilan savdo qiladigan mamlakatlar bojlarni oʻzgartirishmasa ham baribir biz yutamiz. Xalqaro savdo shunday bir moʻjiza.
Bizni savdo muzokarachilarimiz shu oddiy haqiqatni, yaʼni bir tomonlama bojlar kamayishi bizga foyda ekanligini unutmasligini xohlar edim. Shu tariqa, prezident juda ham zarur (urgent) deb o'ylagan islohotni iloji boricha tez uddalashlarini xohlar edim.
