Prezident Matematika institutiga tashrif buyurdi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0



Şavkat Mirziyoyev: Yoşlar imtihondan ötiş uçun emas, bilimli mutaxassis böliş uçun öqişi lozim
Prezidentimiz bugun Olmazor tumanidagi Talabalar şaharçasida joylaşgan Özbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga taşrif buyurdi.
Şu yerda taʼlim sohasi mutasaddilari, rektor va matematik olimlar bilan muloqot böldi.
Oxirgi beş-ön yilda matematika yönalişi böyiça universitetlarni bitirgan yoşlarni topib, xohişiga qarab qayta tayyorlab, maktablarga, fan nomzodlarini esa OTMlarga işga jalb etiş muhimligi taʼkidlandi. Matematika kafedra mudirlarini saylaş tartibini joriy qiliş böyiça körsatma berildi.
– Keçagi dars beriş uslubi bilan matematikani jadal rivojlantirib bölmaydi. Şu bois avval amalda yaxşi natija bergan xorijiy metodika asosida taʼlim dasturlari yaratib, öqituvçilarni qayta tayyorlaş zarur. Metodika şunday bölişi kerakki, u bolalarda matematikaga muhabbat uyğotsin. Yoşlar imtihondan ötiş uçun emas, bilimli mutaxassis böliş uçun öqişi lozim, – deb taʼkidladi davlatimiz rahbari.
👉 @xushnudbek 👈






