Yuksaliş harakatida ijtimoiy-siyosiy vaziyat muhokama qilindi
Bugun «Yuksaliş» umummilliy harakatida “Ijtimoiy-siyosiy vaziyat va barqarorlik” mavzusida jamoatçilik muloqoti taşkil etildi. Unda NNT va ilmiy markazlar vakillari, tadbirkorlar, advokat va huquqşunoslar, jurnalist va blogerlar iştirok etdi.
Tadbirda Kun.uz naşri muxbiri Alişer Rözioxunov ikkalamiz birgalikda moderatorlik qildik.
Muhokamalarning asosiy mavzusi - dunyodagi va mamlakatimizdagi epidemiologik va ijtimoiy-siyosiy vaziyat, xususan, koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin çeklovlari ortidan xorijda kuzatilayotgan norozilik namoyişlari va ommaviy tartibsizliklar, zöravonliklar, öğrilik va talonçilik holatlari hamda ularning yuzaga keliş sabablari.
Tadbir davomida ayrim davlatlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, karantindagi turmuş tarzining psixologik jihatlari va pandemiyaning iqtisodiy zararlari, tartibsizliklarning siyosiy oqibatlari, tinç mitinglarni huquqiy tartibga soliş kabi masalalar ham muhokama qilindi.
P.S: ilgari galstuksiz özimni noqulay his qilardim, hozir niqobsiz :)
