Özbekistonda şaharlarning turlari va maqomi

Matn8-oktabr, 2018, 13:072 daqiqa0 koʻrish

Mavzuni davom ettirib #bilibqöyganyaxşi

Özbekistonda şaharlar uç xil turga bölinadi:
1) Respublikaga böysunuvçi;
2) Qoraqalpoğiston Respublikasi yoki viloyatlarga böysunuvçi;
3) Tumanlarga böysunuvçi.

Respublikaga böysunuvçi şahar bizda faqat 1 ta – poytaxtimiz Toşkent şahri.

2-toifaga böysunuvçi şaharlar soni esa 30 ta. Yuqorida röyxati bor.

Tumanlarga böysunuvçi şaharlar ham köp (aniq sonini bilmadim). Masalan, Qorasuv şahri Qörğontepa tumaniga böysunadi, Juma şahri Pastdarğom tumaniga böysunadi va h.k.

Qöyilgan talablar

Qoraqalpoğiston yoki viloyat böysunuvidagi şaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bölgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan şaharlar kiritilişi mumkin.

Tuman böysunuvidagi şaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bölgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud şaharçalar, aholi punktlari kiritilişi mumkin.

Şaharçalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilişlar, temir yöl stansiyalari va boşqa muhim obyektlar yaqinida joylaşgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bölgan aholi punktlari kiritilişi mumkin.

Kim tuzadi yoki tugatadi?

Viloyatlarni tuziş va tugatiş Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan;

Tumanlarni tuziş va tugatiş tegişli viloyat va Toşkent şahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan;

Qoraqalpoğiston Respublikasida tumanlarni tuziş va tugatiş Qoraqalpoğiston hukumatining taklifiga muvofiq Jöqorği Kenges tomonidan Oliy Majlisning roziligi bilan;

Qişloqlar, ovullarni tuziş va tugatiş tegişli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengaşlari tomonidan, Qoraqalpoğistonda esa — Jöqorği Kenges tomonidan amalga oşiriladi.

Çegaralarni kim özgartiradi?

Qoraqalpoğiston Respublikasining çegarasi faqat uning roziligi bilan Jöqorği Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan özgartirilişi mumkin.

Viloyatlar va tumanlarning çegaralarini özgartiriş — viloyatlar, Toşkent şahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan;

Qoraqalpoğistonda tumanlarning çegaralarini özgartiriş - tegişli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpoğiston hukumatining taklifiga muvofiq Jöqorği Kenges tomonidan;

Qişloqlar va ovullar çegarasini özgartiriş — tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengaşlari tomonidan, Qoraqalpoğistonda esa — Jöqorği Kenges tomonidan amalga oşiriladi.

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek