Özbekiston milliy terma jamoasi Qirğizistonni mağlub etdi
Hozirgina yakunlangan Özbekiston va Qirğiziston milliy terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvida yigitlarimiz 3:1 hisobida işonçli ğalabaga erişdi. Öyinimiz yaxşi, köz tegmasin.
Endi oldimizda turgan eng muhim rasmiy uçraşuv - 14-noyabr kuni soat 17:00-da JÇ Saralaş bosqiçining navbatdagi turi doirasida guruhdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistonini öz uyimizda qabul qilamiz. Uşbu muhim bahsda futbolçilarimizga çin qalbdan omad tilayman.
Muxlislarni esa stadionga çorlab qolaman, milliy terma jamoamizni stadiondan turib qöllab-quvvatlaşga nima yetsin.
🇺🇿 ÖZBEKISTON – 🇰🇬 QIRĞIZISTON 3:1
Gollar: Igor Sergeyev 11', Dostonbek Hamdamov 53', Jamşid Iskanderov 80' – Farxod Musabekov 30'

