Özbekiston davlat konservatoriyasi pullik kurslarga qabul qiladi

Matn11-sentabr, 2020, 20:362 daqiqa0 koʻrish

​​E ʼ L O N !
 
Özbekiston davlat konservatoriyasida 2020/2021 öquv yilidan boşlab quyidagi ixtisosliklar böyiça Kasbiy-pullik öquv kurslari taşkil etiladi:
 
- Fortepiano (organ)
- Torli çolğular
- Puflama va zarbli çolğular
- Xalq çolğulari
- Estrada çolğulari
- Akademik xonandalik
- Estrada xonandaligi
 
Öqiş istagidagi şaxslar iqtidorini inobatga olgan holda 2020/2021 öquv yili kasbiy-pullik öquv kurslariga 6-10-oktabr kunlari suhbat asosida 1- yoki 2-öquv yiliga tinglovçi sifatida qabul qilinadilar.

Kasbiy-pullik öquv kurslari konservatoriyaga ijodiy (kasbiy) imtihonlar natijasida kira olmagan abituriyentlarning kasbiy könikmalarini yanada mustahkamlaş, çuqurlaştiriş uçun imkon yaratadi.

Kasbiy-pullik öquv kurslari tölov miqdori –

- Özbekistonlik tinglovçilarga tegişli öquv yiliga bakalavriat bosqiçi uçun tasdiqlangan stipendiyasiz tölov-kontrakt miqdorining 75%;
- xorijlik tinglovçilarga tegişli öquv yiliga bakalavriat bosqiçi uçun tasdiqlangan xorijiy talabalarga belgilangan tölov-kontrakt miqdorining 75%.

Kasbiy–pullik öquv kurslarida öqiş istagini bildirgan şaxslar quyidagi telefon raqamlari orqali boğlanib, kerakli maʼlumotlarni olişlari mumkin:

☎️ 71-244-85-85;
📱 91-133-81-87.
 
1. ÖzDK rektori nomiga ariza (konservatoriya.uz veb saytida yoki t.me/konservatoriyauz ) telegramm kanalidan ariza namunasini yuklab olinadi.
2. Pasport (propiskasi bilan).
3. Diplom (ilovasi bilan) yoki 11 yillik maktab (şahodatnomasi).

Maʼlumotlar (PDF yoki RaR) formatida, onlayn tarzda  podkurskonservatoriya.uz@gmail.com elektron manziliga 2020-yil 25-sentabrdan 5-oktabrga (şu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

Kasbiy-pullik öquv kurslariga suhbat natijalariga köra muvaffaqiyatli ötgan tinglovçilar joriy yilning 12-oktabridan öquv jarayonlarini boşlaydi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek