Oliy maʼlumotlilar yana öqişga hujjat topşirişi mumkin

Matn3-iyul, 2020, 14:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Endi men ham abituriyentman

#abituriyent

Tasavvur qiling, oldingizda eşik turibdi. Öşa eşik oçiqmi yoki yopiqligini bilmaysiz.

Xöş, şunaqa vaziyatda nima qiliş kerak? Köpçilik özgalardan sörab, suriştirişni boşlaydi.

- "Aytolmaysizmi, bu eşik oçiqmi yoki yopiqmi?"
- "Uzr, bilmaysizmi, bu eşik oçiqmikin?"
- "Men şu eşikdan kira olamanmi, kim biladi?"

Bu savollaringizga turli insonlar turliça javob berişi mumkin. Lekin nima uçun özingiz öşa eşikni oçib köra qolmaysiz? Yaʼni şu eşik oçiq yoki yopiqligini biliş uçun şundoq borib, tutgiçidan tortib körsangiz yoki içkariga itarib körsangiz bölmaydimi? Axir savolga aniq javob olişning eng oson yöli şu emasmi?

Menga quyidagi savollar köp bora berilmoqda:

- "Oliy maʼlumotim bor, DTM sayti orqali yana bir marta bakalavrga hujjat topşira olamanmi?"
- "Magistrlik darajam bor, yana bir marta boşqa magistratura mutaxassisligiga hujjat topşira olamanmi?"
- "Ham magistraturaga, ham bakalavrga bir paytda hujjat topşira olamanmi?"

va şu kabi boşqa savollar.

Uşbu savollarning javobini özim ham bilmayman, biror hujjatda aniq javobi körsatilmagan. Javobni biliş uçun eng oddiy yölni tanladim — hujjat topşirib kördim!

Natija:

👉 DTM sayti orqali 5ta bakalavr yönalişiga hujjat topşira oldim. Iqtisodiyot universiteti, Moliya instituti, ÖzMU va TATUni tanladim. Tölovni ham amalga oşirdim. Endi testga kirsam böldi;

✅ Demak, oliy maʼlumotlilar yana bir marta bakalavrga onlayn ariza yubora oladi!

👉 Magistrlik darajam bölsa ham, yana bir bor magistratura uçun hujjat topşirdim. Jurnalistika universitetining "Siyosiy-huquqiy jurnalistika" mutaxassisligini tanladim. Endi imtihonga kirib çiqsam böldi.

✅ Demak, magistrlik darajasi borlar yana bir marta magistraturaga hujjat topşira oladi!

✅ Demak ham magistraturaga, ham bakalavrga hujjat topşiriş mumkin!

Mana, körib turganingizdek, barça savollarga javob topdik. Siz ham şunaqa qiling. Nimagadir ikkilanyapsizmi, özingiz amalda sinab köring, şunda aniq javobga ega bölasiz.

P.S.: aytgança, jurnalistikani bir amallaşga harakat qilaman, lekin matematikadan tayyorlanişim kerak, tağin testda şarmanda bölib ötirsam-a? 🙈

P.S-2: X-variantlar yöqmi heç kimda? 🤓

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 11
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek