Nukuslik öqituvçi firibgarga 165 mln söm aldanib qoldi

Matn23-dekabr, 2019, 11:151 daqiqa0 koʻrish

Ming marta bunaqa firibgarlarga işonmanglar, deyilsa ham, nafs qurğur juda yomonda, mömaygina daromad haqida çöpçaklarga tezda işonişadi, tovba. Masalan, nukuslik hamyurtimiz ham aldanib qolibdi:

Nukusda fuqaro firibgarning vaʼdasiga işonib, 165 mln söm pulini Nigeriyadagi hisob raqamlarga ötkazib yubordi

Nukus şahridagi maktablardan birida öqituvçi bölib işlaydigan G.P. internet tarmoği orqali «Mark Robert» ismli şaxs bilan tanişib qoladi. Notaniş şaxs unga AQŞda joylaşgan nufuzli kompaniyaga işga kiritib qöyişini aytib, işonçiga kiradi.

Postda.uz’ning xabar berişiça, sodda va işonuvçan yurtdoşimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yölkira va boşqa «xarajatlar» uçun jami 165 million 323 ming söm pul mablağini xalqaro pul ötkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga ötkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar şu kunga qadar bergan «vaʼda»sining ustidan çiqmaydi.

Ayni paytda jinoyatni sodir etgan şaxsni aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek