Jismoniy şaxslar uçun mol-mulk va yer soliğini tölaş tartibi

Matn7-oktabr, 2019, 14:372 daqiqa0 koʻrish

​​MOL-MULK VA YER SOLIĞINI TÖLAŞNI UNUTMANG!

Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan, egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uçastkalari bölgan jismoniy şaxslar hamda dehqon xöjaliklari jismoniy şaxslarning mol-mulk va yer soliqlari tölovçilari hisoblanadi.

Muddati qaçon?

Jismoniy şaxslar mol-mulk va yer soliğini 15-oktabrdan keçiktirmay tölaşi lozim.

Öz vaqtida tölanmagan soliq summasiga har bir keçiktirilgan kun uçun penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Qayerga işlatiladi?

Jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy budjet daromadlarini töldirib, şahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, uy-joy kommunal xöjalik obyektlarini taʼmirlaş va aholi punktlarini obodonlaştiriş, şu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirişga sarflanadi.

Qança soliq tölaş kerak?

Qança soliq tölaş kerakligini soliq idoralarida mutaxassislar yordamida hisoblatişingiz kerak. Şuningdek, Soliq qömitasining elektron portalidagi quyidagi havola orqali mustaqil hisoblab körişingiz mumkin.

https://my.soliq.uz/calc/property/data?lang=uz

Misol uçun, uşbu kalkulyator Toşkent şahrida jami 70 kv.m maydonga ega va kadastr qiymati 200 mln söm etib belgilangan turar joy uçun 2019-yil hisobidan 400 ming söm mol-mulk soliğini tölaş lozimligini körsatmoqda.

Onlayn tölasa böladimi?

Hisoblangan soliqlarni istalgan bank bölimlari orqali yoki CLICK, U-PAY, MBANK va PayMe tölov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimda ham tölaşingiz mumkin.

Kimlarga imtiyoz berilgan?

Soliq kodeksining 275-moddasiga binoan, quyidagilarning mulkida bölgan mol-mulkka jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:

1) «Özbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bölgan, uçala darajadagi Şuhrat ordeni (“Şuhrat” medali emas) bilan taqdirlangan fuqarolarning;
2) uruş nogironlari va qatnaşçilari, ularga tenglaştirilgan şaxslarning;
3) ön nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning;
4) pensionerlarning;
5) I va II guruh nogironlarining;
6) sobiq SSSRni, Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qiliş yoki harbiy xizmatning yoxud içki işlar organlaridagi xizmatning boşqa majburiyatlarini bajariş çoğida yaralanganligi, kontuziya bölganligi yoki şikastlanganligi oqibatida yoxud frontda böliş bilan boğliq kasallik tufayli halok bölgan harbiy xizmatçilar hamda içki işlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining);
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvçi şaxslar — muqobil energiya manbalari örnatilgan oydan eʼtiboran uç yil muddatga.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek