Ipoteka-bank va Paysend onlayn pul ötkazmalarini yölga qöydi
“Ipoteka-bank”dan innovatsion yangilik!
Bugun “Ipoteka-bank” ATIB taklifiga binoan, Özbekiston kartalariga onlayn xalqaro pul ötkazmalarini amalga oşiriş imkoniyatini beruvçi ajoyib loyiha taqdimotida iştirok etdim.
Uşbu loyiha «Paysend» innovatsion xizmati hamda PAYMO texnik integratori yordamida amalga oşirilmoqda.
Gapning indallosini aytadigan bölsak, bu loyiha özbeklar uçun nima beradi?
Bilamizki, millionlab yurtdoşlarimiz xorijda mehnat qilişadi. Va xorijdan tez-tez oilasiga pul yuborişadi. Odatda ular pul ötkazmalariga ixtisoslaşgan servislardan foydalanadi.
Ammo buning noqulay tomonlari köp. Pul yuboruvçi ham, pul oluvçi ham bankka boriş kerak. Demakki, faqat iş kunlari, maʼlum bir soatlardagina pulni oliş mumkin. Navbatda turiş kerak. Pasport bölişi kerak. Baʼzan yana qöşimça hujjatlar söraladi. Maxsus kodni bilişi kerak. Va h.k.
Uşbu loyihada esa xorijiy davlatda oçilgan kartalardan pullarni osongina Özbekistonning istalgan banklarida oçilgan plastik kartalarga onlayn ötkaziş mumkin. Tizim 24/7 rejimida, yaʼni tunu kun işlaydi. Ortiqça hujjat ham şartmas, şunçaki plastik karta nomerini bilsa kifoya. Pul kartada öşa zahoti körinadi, iş kuni bölişi şart emas. Asosiysi tizim xavfsizligi yuqori darajada.
Qaysi davlatlardan pul ötkaziş mumkin?
Hozirda 70 dan ortiq davlatlarda oçilgan xalqaro kartalardan (Visa, Mastercard, MIR va h.k.) Özbekistonga onlayn pul ötkaziş mumkin.
Xizmat uçun qança komissiya olib qoladi?
Köpçilik uçun eng muhim joyi ham şu, xizmat haqiga qança olişar ekan, degan savol. Qulay tomoni uşbu xizmatdan foydalanganda ötkazilayotgan pul miqdoridan qatʼi nazar aniq belgilangan komissiya mavjud. Yaʼni Rossiyadan ötkazilganda 49 RUB, Qozoğistondan ötkazilganda 199 KZT, Yevropadan ötkazilganda 1.50 EUR.
«Ipotek-bank» boşqaruv raisi Şuhrat Atabayevning taʼkidlaşiça, bu hozirda mavjud bölgan pul ötkazmalari tizimi orasidagi eng arzon komissiya ekan. Komissiya faqat pul yuboruvçidan olinadi.
Özbekistondan xorijga yuboriş mumkinmi?
Taşkilotçilarning vaʼda berişiça, tez orada uşbu xizmat ham yölga qöyiladi, yaʼni Özbekiston kartalaridan xorijiy kartalarga osongina pul ötkaziş mumkin böladi.
Özbekistonda karta qaysi bankdan oçilgan bölişi kerak?
Buning mutlaqo aloqasi yöq, istalgan bank kartasi bölişi mumkin. Masalan, taqdimot paytida köz oldimizda 2 ta turli bank kartalariga pul ötkazib, körsatib berişdi.
Şuningdek, Uzcard va Humo kartalari bölişi ham mumkin, bunisi ham farq qilmaydi.
Xizmatdan qanday foydalaniş mumkin?
Buning uçun paysend.com sayti orqali, şuningdek App Store yoxud Google Play platformasidan «Paysend» mobil ilovasini yuklab olgan holda pul ötkaziş mumkin.
Xullasi kalom, özbek bank tizimiga ham odamni xursand qiladigan yaxşi yangiliklar kirib kelayotganidan xursandman. Umid qilamanki, uşbu tizim ham yurtdoşlarimizga qulaylik yaratişga xizmat qiladi.
Reklama huquqi asosida
- 👍 1

