Innovatsiya vazirligi çang-qumli tumanni xavfsiz deb atadi

Matn10-noyabr, 2021, 09:571 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Muhrim / Муҳрим

Innovatsiya vazirligi «Toşkentda kuzatilgan çang-qumli tuman inson salomatligi uçun xavfsiz», deb bayonot beribdi. Vazirlik bunday bayonot beriş uçun butun boşli tadqiqotlar ötkazibdi, «Beruniy» metrosi atrofi (yaʼni, vazirlik binosi yaqini)dan olingan bir çimdim çangni mikroskop va yana qandaydir asboblarda obdon tekşiribdi (şu joyida xuşxabar bor — asboblar işlarkan!). Rosa qidirişsa ham, çang içidan tuzukroq zararli narsa topa olişmabdi özbek olimlari (bu gapning qaysi joyiga yiğlaş kerak — «çang içidan zararli narsa topa olişmadi» deganigami yoki «özbek olimlari» söz birikmasiga — bunisi özingizga havola).

Şunisiga ham şukr. Nega deganda, vazirlik bundan-da dahşatliroq bayonot berib, «şunday bayramona kunlarda poytaxtimiz ustidan yoğilgani çang emas, baxt zarralaridir, Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotlariga köra göyoki çangdan azoblanib tibbiyot xodimlaridan yordam söragan kamida 4110 nafar hamyurtimiz esa aslida baxtdan ‘peredozirovka’ bölgan yangi zamon baxtiyorlaridir», deyişi ham mumkin edi. Kamiga, çang nafaqat xavfsiz, hatto foydali ham bölişi mumkinligi haqida («çangning foydasini asalaridan sörang», deb-a) haqiqiyligini heç kim tekşira olmaydigan biror iqtibosni Ibn Sino nomidan berib yuborsa, nima qilardik?

Şukr, ming şukr! Çanglar arib, havo yana oçilganiga, yana erkin(roq) nafas oliş baxti qaytganiga şukr! Bunaqa çang böronini ham, uning «xavfsiz çang»ini ham boşqa körmaylik!

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek