Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Çang böronlariga nom beriş taklifi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Manba:Muhrim / Муҳрим

​​Keça keçasi mehmondan uyga qaytgunça «Interstellar»ning saundtreklarini oilaviy eşitib kelgandik. Hozir işga ham Hans akaning öşa zör musiqalarini eşitib ketyapman, çunki keçadan beri heç narsa özgarmagan -- hammayoq çang, kamiga tuman.

Bilsangiz kerak, Amerika yo Janubi-Şarqiy Osiyoda okean böylarida böladigan töfonlarning nomlari (köpinça qizlarning ismlari) böladi: eng maşhuri -- Katrina, şu yaqin yillarda bölgan vayronkorroği -- Irma. Bizdagi çang-qum böronlari u töfonlardek kuçli emas (lekin qurilişlarimiz sifatsizligini körsatiş uçun şugina şamollar ham yetarli), lekin alohida nomi bölişga loyiq. Şu yönalişda öz milliy tasnifimiz bölsin (xuddi yaponlarning hammadan alohida tayfun nomlari bölgani kabi), nima dedingiz?

Masalan, şu keça-bugungi qum-çang böroniga «Qurilişlar mevasi» «Daraxtlarning köz yoşi» deb nom bersa böladi (xorijdagi kabi bitta sözli, bitta ismli qilib, masalan, «Hokimxon» deb nomlasa ham böladi, töğri; ammo, birinçidan, bunaqa qisqa nomlar bizga xos emas, yöqsa allaqaçon Kambağallikka qarşi kuraş va iqtisodiy taraqqiyot vazirligini Iqtisodiyot vazirligi deb qayta nomlardik, ikkinçidan, qöl bilan bigiz qilib körsatiş bağrikeng özbek xalqiga yaraşmaydi, abstrakt narsalar, nomlar, tuşunçalar esa -- aksinça, uzukka köz qöygandek).

Xuddi şu tartibda 2022, 2023 va 2024-yillarda böladigan bölajak qum-çang böronlariga ham nom topib qöysa böladi (bugungisidan ham battar bölsa keyingilari). 2022 va 2023-yildagi böronlarni qanday nomlaş kerak, bilmadimu, lekin 2024-yilgilarini «Özbekistonning 100-yilligi» deb atasa böladi, menimça. Bahorda böladigan birinçisi «Özbekistonning 100-yilligi-1», yozdagisi «Özbekistonning 100-yilligi-2», kuzdagisi «Özbekistonning 100-yilligi-3» va hokazo...

«Interstellar»ni köring albatta. Töğri, Saturn taraflarga uçib ketiş imkoni yöq hozirça, lekin şunga qaramay pasport stollar işlayapti, zagranpasportlar uzoği bilan ikki haftada çiqyapti, aviakassalar bilet sotyapti, aeroportlarimizdan samolyotlar sölim mamlakatlarga hamyurtlarimizni olib ketyapti...

  • 😁 4
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek