Ijodiy imtihonlarning natijalari eʼlon qilindi

Matn26-avgust, 2018, 11:241 daqiqa0 koʻrish

Ijodiy imtihonlarning javobi çiqdi

Kuni keça kanalimda ijodiy imtihonlar natijalari haligaça rasman eʼlon qilinmagani haqida yozgan edim. Bugunga kelib şu masala ijobiy yeçim topdi.

Davlat qabul komissiyasining 7-sonli bayoni bilan kunduzgi, keçki, sirtqi, maxsus sirtqi taʼlim şakllarida alohida iqtidor talab etadigan taʼlim yönalişlarining kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari tasdiqlandi.

Şuningdek, 81 nafar nogironligi bölgan şaxslar ijodiy imtihonlarini muvaffaqiyatli topşirib, qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilindi.

Tasdiqlangan natijalar OTMlarga tarqatildi, abituriyentlar bugundan natijalar bilan tanişişi mumkin. Menimça, internet orqali tanişiş imkoni yöq, hozirça albatta OTMga boriş yoki telefon qiliş talab etiladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek