Hududlarni toifaga ajratiş tumanlar darajasida belgilanadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişi boşida koronavirus pandemiyasi haqida yana bir bor alohida töxtalib ötdi.
«Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilib, özimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning soğliğini himoya qiliş uçun masʼul ekanimizni unutmasligimiz zarur va şart.
Şu bilan birga, “sariq” va “qizil” toifadagi viloyatlarda kasallik umuman aniqlanmagan tumanlar ham borligini inobatga oliş lozim. Xuddi şunday, ertaga “yaşil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan bölsa, butun viloyatning toifasini özgartiriş şart emas», – dedi Prezidentimiz.
Respublika komissiyasiga hududlarni toifaga ajratişni tuman va şaharlar darajasida belgilaş böyiça topşiriq berildi.
👉 @xushnudbek 👈


