Hokim va fuqaro örtasidagi voqeaga huquqiy munosabat
Muştariylar tomonidan qoldirilayotgan fikrlar uçun rahmat. Ayrim joylarini töldirib ketsam.
Yuqorida masalaga faqat umumiy baho berildi. Eʼtibor bersangiz, «kvalifikatsiya qiliş mumkin» deyilmoqda. Lekin bu degani aynan şu moddalar bilan javobgarlikka tortilişi şart degani emas. Aslida maʼlum bir xatti-harakatga faqat bitta video orqali yuzaki baho berib bölmaydi, u huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tegişli protsessual tergov harakatlari ötkazilgandan söng aniq böladi.
Masalan, voqeaga çuqurroq yondoşsak, holatga tölaqonli baho beriş uçun köplab detallar ahamiyatli. Yaʼni aytalik makkajöxorini fuqaro emas, balki uning nabiralari öyinqaroqlik bilan yulib çiqqan bölsa, ularning yoşini hisobga olib umuman heç qanday javobgarlik kelib çiqmasligi ham mumkin. Na maʼmuriy, na jinoiy. Videodan buni aniqlaş imkoni yöq.
Yoki makkajöxorilar fuqaroning maşinasining yukxonasidan olinib, “Kaptiva” rusumli maşina yukxonaga taşlanmoqda. Avvalo u maşina kimnikiligini aniqlaş kerak. Agar fermerning maşinasi bölsa, unda tuşunarli. Agar hokimning maşinasi bölsa, unda yana holatni aniqlaştiriş kerak. Videodan buni aniqlaş imkoni yöq.
Yoki ayrim muştariylarimiz töğri taʼkidlaganidek, mazkur makkajöxorilar yuridik şaxsning balansida bölsa, unda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 61-moddasi (Oz miqdorda talon-toroj qiliş) bilan kvalifikatsiya qiliş mumkin. Videodan buni aniqlaş imkoni yöq.
Yoki uşbu holatda fuqaroning harakatlari voyaga yetmagan şaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik (yoki vaziyatga qarab jinoyat) sodir etişga jalb qiliş kabi moddalar bilan kvalifikatsiya qilinişi ham mumkin. Videodan buni aniqlaş imkoni yöq.
Yoki hokim fuqaroni nabiralari bilan birgalikda özboşimçalik bilan videoga olib, tarqatgani uçun şaxsga doir maʼlumotlar töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş degan modda bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilişi mumkin. Maʼnaviy zarar undirilişi ham mumkin.
Umuman voqeani çuqur tahlil qilsak, aytiladigan gaplar köp. Bu bitta postga siğmaydi. Barçasi tegişli tekşiruvlardan keyin aniq böladi, biz yuzaki hukm öqişga haqqimiz yöq.
Yuqoridagi postdan asosiy maqsad – ikkala tomon ham nohaq, demak ikkalasi ham qonun oldida javob bersin, degan maʼno bor edi. U kimligi, qaysi lavozimdaligi, oddiy xalq yoki mansabdorligi, boy yoki kambağalligi, umuman ahamiyat kasb etmasligi kerak. Qonunni buzdimi, tamom, jazo muqarrar bölsin. Istagim şu. Qolgan hammasi mayda gaplar.
P.S.: birovning mulkini olsa nima böpti, degan fikrlarga esa mutlaqo qöşilmayman. Özganing mulkini beruxsat oliş mumkin emas, u atigi 10 ta makkajöxori böladimi, 1 dona olma böladimi, yoki 10 mln dollarmi, farqi yöq. Oliş mumkin emas - tamom!
👉 @xushnudbek 👈

