Fuqarolikni yöqotiş haqidagi xabarlar yolğon
❗️10-aprelga qadar Özbekistonga qaytmaganlar fuqaroligini yöqotişi haqidagi xabarlar yolğon
Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Prezidenti 31-mart kuni yiğiliş ötkazgani va barça fuqarolarni 10-aprelga qadar vatanga qaytariş töğrisida farmon imzolagani, vatanga qaytişni istamaganlar Özbekiston fuqaroligidan mahrum qilinişi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Taşqi işlar vazirligiga, çet eldagi, ayniqsa qöşni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarimizga ham şu mavzuda köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
Uşbu xabar heç bir rasmiy manbalarda eʼlon qilinmagani sababli haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qilamiz.
Fuqarolarimizdan asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlardagi biror maʼlumotni bölişişdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekşirib körişlarini söraymiz.
Taşqi işlar vazirligi
Axborot xizmati
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


