Fitr zakotining hikmati va uni ado etiş tartibi

Matn26-aprel, 2021, 19:161 daqiqa0 koʻrish

#hadis #ramazon

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini rözador uçun behuda gap-söz va harakatlardan poklaniş hamda miskinlar uçun taomlaniş bölişi uçun farz qildilar. Kim uni namozdan oldin ado qilsa, u maqbul zakot bölur. Kim uni namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan biri bölur».

Abu Dovud, Ibn Moja va Hokim rivoyat qilişgan va Hokim sahih degan.

Uşbu sadaqa nima uçun şariatimizda joriy qilinganining sababi, hikmati uşbu rivoyatdan oçiq-oydin körinib turibdi. Rözador odam Ramazon oyida röza tutar ekan, gohida oğzidan bilib-bilmay turli gap-sözlar çiqib ketgan bölişi, şuningdek, baʼzi nojoiz amallarni qilib qöyib, şu sababdan köngli ğaş bölib yurişi mumkin. Ana şunday ğaşliklarni yuvib yuboriş uçun sadaqai fitr joriy qilingan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Möminning qalqoni» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek