Fanlar majmuasidagi özgarişlar va texnik xatolik ehtimoli
Fanlar majmuasi özgarib qolgani haqida
Yangilangan fanlar majmuasida ayrim yönalişlardagi test fanlari özgarib qolgani kuzatilgan. Jumladan:
5111900 - Defektologiya (faoliyat turlari böyiça)
5111901 - Defektologiya: logopediya
5111902 - Defektologiya: surdopedagogika
5111903 - Defektologiya: oligofrenopedagogika
5111800 - Maktabgaça taʼlim
5112700 - Maktabgaça taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi
5510700 - Oliy hamşiralik işi
Avval uşbu yönalişlarda Biologiya hamda Ona tili va adabiyot fanidan test bölişi belgilangan edi (avvalgi yillarda ham şunaqa bölgan).
Yangilangan majmuada esa Biologiya hamda Kimyo fanlari körsatilgan.
Uşbu masalada mutasaddilar bilan boğlandim. Hozir uşbu masalaga aniqlik kiritilmoqda.
Katta ehtimol bilan bu texnik xatolik tufayli yuzaga kelgan. Test sinovlariga bir neça kun qolganda bunday özgariş qilinişi notöğri, albatta. Va bunday özgariş bölmasa ham kerak.
Oxirgi maʼlumot aniq bölişi bilan xabar qilaman.
👉 @xushnudbek 👈

