Özbekistonda Piza universiteti filiali oçiladi

Matn29-iyul, 2021, 12:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Özbekistonda Italiyaning Piza universiteti filiali oçiladi

Şavkat Mirziyoyev Olmaliq kombinatining yangi misni boyitiş fabrikasi oçilişidagi nutqida kadrlar masalasi haqida kuyunib gapirdi:

“Meni eng köp öylantiradigan masalalardan biri, aynan kadrlar tayyorlaş sohasidir. Çunki şunday katta-katta sanoat obyektlarida işlaydigan malakali kadrlar kerak böladi bizga.

Barça darajadagi kadrlar – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, maşinistlar va boşqa texnik xodimlarni tayyorlaş böyiça işlab çiqariş korxonalari bilan uzviy boğlangan, yagona tizimni yaratişimiz lozim.

Uşbu yönalişdagi birinçi qadam sifatida biz rossiyalik şeriklarimiz bilan birgalikda Olmaliq şahrida «MISiS» milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti filialini taşkil etdik.

Bundan taşqari, mamlakatimizda Geologiya fanlari universiteti ham taşkil etildi. U geologiya sohasidagi 5 ta ilmiy-tadqiqot markazini öz içiga oladi.

Universitet bazasida Moskva davlat universiteti bilan birgalikda qöşma taʼlim dasturini joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Kuni keça Toşkentda geologiya fanlari yönalişi böyiça Italiyaning Piza universiteti filialini oçiş haqida kelişuvga erişildi”, - dedi davlat rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek