Olmaliqda mis va oltinning ulkan zaxiralari aniqlandi

Matn29-iyul, 2021, 11:361 daqiqa0 koʻrish

❗️Olmaliqda misning zaxirasi 45 million tonna, oltin zaxirasi 5 ming tonnadan köproq

Ayni vaqtda Şavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoşlik I» konini özlaştiriş loyihasini amalga oşiriş doirasida 3-misni boyitiş fabrikasi qurilişini boşlaş marosimida nutq sözlamoqda.

“Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida ezgu niyatlar bilan mana şunday ulkan loyihani amalga oşirişga kirişmoqdamiz.

Ötgan uç yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr bölgan 475 ta quduq burğulandi. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijdagi laboratoriyalarda uşbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida çuqur örganildi.

✅ Ana şunday ilmiy tadqiqotlar natijasida, xalqaro baholaş mezonlariga köra, bu yerdagi misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni taşkil etişi aniqlandi.

Bu raqamlar esa, dunyodagi eng yirik, noyob oltin va mis konlari aynan mana şu hududda joylaşgan deb aytiş uçun, töla asos böla oladi.

Şuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumuş, molibden, selen, tellur, reniy va boşqa nodir metallar borligi ham aniqlangan”, - dedi davlatimiz rahbari.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek