Olmaliqda 5 ming tonna oltin zaxirasi tasdiqlandi

Foto22-dekabr, 2021, 15:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev: «Olmaliqdagi konlarda 5 ming tonnadan ortiq oltin zaxirasi tasdiqlandi»

Ayni paytda Olmaliq şahrida bölib turgan Prezident hudud faollari, mahalla raislari va hokim yordamçilari bilan uçraşib, suhbat qurmoqda.

Dastlab davlat rahbari nima uçun Olmaliqda aynan geologiya işlariga bunçalik katta urğu berayotgani haqida maʼlumot berdi.

Masalan, bugungi kunda birgina elektromobil sanoati qay darajada şiddat bilan rivojlanayotganini barçamiz körib turibmiz. Yoki butun dunyoda yarimötkazgiçlarga bölgan ehtiyoj kundan kun oşib boryapti. Bularning barçasiga mis kerak. Şu sababli misga bölgan talab oşib, narxi kötarilmoqda.

Geologiya işlari natijasida Olmaliqda 45 mln tonna mis zaxirasi topilgan. Oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan köproq, deya baholanmoqda. Bu juda katta boylik.

Şavkat Mirziyoyev viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga Toşkent viloyatida Janubiy Koreya tadbirkorlari bilan birgalikda yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi zavod quriş işlarini taşkil qiliş böyiça topşiriq berdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • ❤ 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek