DTM abituriyentlar sonini körsatuvçi tizimni yangiladi
Faqat tanqid emas, qilingan işlarni maqtab ham qöyiş kerak.
Davlat test markazi joriy yilda hujjat topşirgan abituriyentlar sonini körsatib turuvçi tizimini (http://qabul.dtm.uz) yangilagan. Ançayin qulay va dizaynini ham birmunça çiroyli qilişibdi.
Şuningdek, UNISTAT nomli mobil ilova ham yaratişgan. Ilgari mobil telefon orqali köriş ança noqulay edi. Uşbu mobil ilovani özim işlatib kördim, juda yaxşi işlayapti. Hozirça faqat Android operatsion tizimlar uçun möljallangan, iOS uçun hali işlab çiqilmabdi.
UNISTAT dasturi orqali issiqda qabul komissiyalari böylab sarson bölib kezib yuriş şart emas, uyda ötirib, qaysi OTMning qaysi yönalişiga neçta kvota ajratilganiyu, unga neça kişi hujjat topşirganini bemalol kuzatib boriş mumkin.
Köçirib oliş: 👇
📲 https://goo.gl/d8fhwB
Dasturning Apk variantini esa quyidagi manzildan köçirib olişingiz mumkin.
TAKLIF:
Dasturçilarga taklifim, imkoni bölsa, sahifalarga JAMI degan bölimni ham qöşib qöysangiz, juda yaxşi iş bölardi. Masalan, ilgari butun respublika böyiça yoki OTM böyiça jami neçta hujjat topşirilganini oson köriş mumkin edi. Hozir bunday imkoniyat yöq ekan. Rahmat!
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

