Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Dezinfeksiya tunnellari va sanitayzerlar haqida latifa

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Bugun ertalabdan berilgan xabarlarni öqib, bir latifa esga tuşib qoldi.

Bir inson şifokor qabuliga boribdi va quloği oğriyotganidan şikoyat qilibdi. Şifokor uyoq-buyoqni tekşirganday bölibdida, aytibdi:

— Sizning kasalingiz xavotirli emas. Dori içmang, boşqa muolaja yozib beraman. Tumanimizdagi dehqon bozoriga borasiz, eşikdan kirganda öng tomonda katta çinor bor, şu çinorning ostida bir sotuvçi turp sotib ötiribdi. Öşa turpdan, 2 kilo, yöq, yaxşisi 5 kilo olasiz. Har kuni turpni qirğiçdan çiqarib, suvini quloqqa tomizasiz, qarabsizki, otday bölib ketasiz.
— Rahmat, duxtir, umringizdan baraka toping.

Birozdan keyin boşqa bemor kelibdi va qorin oğriğidan şikoyat qilibdi. Şifokor uyoq-buyoqni tekşirganday bölibdida, aytibdi:

— Tumanimizdagi dehqon bozoriga borasiz, eşikdan kirganda öng tomonda katta çinor bor, şu çinorning ostida bir sotuvçi turp sotib ötiribdi. Öşa turpdan, 10 kilo olasiz. Har kuni 3 mahal turpni qaynatib, sovitib, qorningizga boğlaysiz, tezda tuzalib ketasiz.
— Rahmat, duxtir, boringizga şukr.

Birozdan keyin yana bir bemor kelibdi va boş oğriğidan şikoyat qilibdi. Şifokor uyoq-buyoqni tekşirganday bölibdida, aytibdi:

— Tumanimizdagi dehqon bozoriga borasiz, eşikdan kirganda öng tomonda katta çinor bor, şu çinorning ostida bir sotuvçi...

Şu payt şifokorning telefon jiringlabdi:

— Aka, böldi turp tugadi, endi sabziga öting.

***

Dezinfeksiya tunnellarining heç qanday foydasi yöqligi haqida avval ham bir neça marta yozdik. Iyul oyidayoq bu tunellar va sepilayotgan vositalar savdosidan kimlardir manfaatdor emasmikin, nima uçun Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti samarasiz ekanligi haqida xulosa bergan narsa bizda haligaça bekor qilinmayapti deb, savollarni örtaga taşladik.

Heçdan köra keç qabilida, sentabr oyining örtalariga kelibgina, bu bekor böldi. Ammo tunellar örniga antiseptik eritmalari bölgan sanitayzer-dispanser qurilmalari örnatiş belgilanibdi.

***

— Aka, böldi turp tugadi, endi sabziga öting.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek