OTMga kiriş uçun minimum ball çegarasi eslatildi

Matn15-sentabr, 2020, 18:173 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Köpçilik sörayotgan savolga javob: minimum ball bormi?

#abituriyent

Har yili test sinovlarida minimum ball çegarasi qöyiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat özgalar bilan, eng avvalo özi bilan ham kuraşişi kerak. Agar abituriyent minimum ballni töplay olmasa, unda hattoki kvotada joy bölsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi.

Eşitişimga qaraganda, bu minimum ball test sinovlari joriy etilgan dastlabki yillarda maksimal ballning 50%i bölgan ekan. Yaʼni maksimal ball 226,8 bölgan bölsa, 113,4 balldan kam töplaganlar joy bölsa ham qabul qilinmagan. Ammo bu talab tufayli juda köp kvotalar tölmasdan, böş qolib ketgani uçun, noiloj minimum talabni 30% ga tuşirişgan ekan.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

Tölov-kontrakt uçun – 56,7 ball;
Davlat granti uçun – 68 ball.

Bu nima degani?

Aniq misol bilan tuşuntiraman.

Pastda ötgan yili mandat saytida eʼlon qilingan natijalarning rasmlari aks etgan. 1-rasmdagi Toşkent temir yöl transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yönalişining rus guruhiga ötgan yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Şundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-örindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam töplaganini köriş mumkin. Demak, ular garçi kvota içida turgan bölsa ham talabalikka qabul qilinmaydi.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti «Biotexnologiya» yönalişida Andijon viloyati uçun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. Öşa 1 ta örin uçun ötgan yili 10 kişi hujjat topşirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barçasi 68 balldan kam töplagan. Demak, öşa davlat granti uçun ajratilgan 1 ta öringa heç kim kira olmaydi. Böş qoladi.

Minimum ball degani şunaqa böladi. Töğrisini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab çiqqanlar omadi kelib 70-80 ball oladigan bir zamonda yoşlarimizning atigi 56,7 ball töplay olmasligi bizni xavotirga solişi kerak, albatta. Ammo nailoj, qozonda bori çömiçga çiqadi.

Savol tuğilişi mumkin, 56,7 balldan kam töplaganlar endi öqişga kira olmaydimi?

Kirişi mumkin. Moliyaviy imkoniyati borlar super-muper kontrakt orqali (yaʼni oddiy super kontraktning 2 baravari) kamida 20 baravardan 50 baravargaça bölgan kontraktni tölab (yönalişiga qarab), talaba bölişlari mumkin. Batafsil: t.me/xushnudbek/6917

❗️Şu örinda yana bir gap: hatto 56,7 ball ham töplay olmagan yoşlarning gaplarini öqisangiz, aksariyati faqat nolişni uddalaydi. «Moliyaviy imkoni yöqlar nima qilsin, hamma narsa boylar uçun ekanda, ular öqiydiyu, biz öqiy olmaymizmi, aybimiz kambağalligimizmi?» deb [ğij-ğij imlo xatolari bilan] yozişadi.

Ularga javobim: aybingiz kambağallikda emas, bilimsizligingizda. Ozgina ixlos va xohiş bilan qölingizga kitob olganingizda edi, bemalol byudjetga ham kirardingiz.

Hammasi öz qölingizda, işoning. Qişloqlarimizda repetitor tugul, oddiy darslik kitoblarga zörğa pul topayotgan oilalarning öğil-qizlari harakat qilib, intilib 189 ball olişyapti. Aybni özgalardan emas, eng avvalo özingizdan qidiring.

Salomat böling. Barça bilimlilarga, bilim olişga iştiyoqi borlarga omad tilayman!

‼️UPD: darrov hovliqib, "öqişni ballari çiqibdi, Xuşnudbek eʼlon qildi", deyayotganlarga eslatma: tepada ham bir neça marta yozdim - rasmdagi ötgan yilgi ballar. Ötgan yilgi. 2019-yilgi. Bu yilgi emas. 2020-yilgi emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek