Davlat bojxona qömitasi Ilya Varlamov videosiga munosabat bildirdi
Davlat bojxona qömitasi rossiyalik bloger Ilya Varlamovning videosi yuzasidan bayonot berdi
Varlamov 2020-yil 25-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan videointervyusida Qozoğistondan Özbekistonga ötiş çoğida bojxonaçilarning nojöya xatti-harakatlari, sigaretlarini olib qöyganligi haqida sözlab bergandi.
Örganişlar natijasida, bloger Varlamov Ilya Aleksandroviç sönggi 5 yilda Özbekiston-Qozoğiston çegarasidagi avtomobil ötkaziş punktlari orqali umuman harakatlanmaganligi, faqatgina 2020-yil 9-fevral kuni tongi soat 05:10-da Rossiyadan töğridan töğri Samarqand aeroportiga uçib kelganligi va 10-fevral kuni mazkur viloyatdagi “Jartepa” çegara bojxona posti orqali Tojikistonga çiqib ketganligi maʼlum böldi.
“Jartepa” çegara bojxona postida ham uşbu şaxs soddalaştirilgan tartibda va tezkorlik bilan bojxona nazoratidan ötkazilgan.
“Samarqand xalqaro aeroporti” va “Jartepa” çegara bojxona postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan uşbu şaxs örtasida heç qanday tuşunmovçiliklar kelib çiqmagan.
Bugungi kunda, barça çegara bojxona postlari zamonaviy skaner qurilmalari bilan taʼminlangan bölib, fuqarolar tomonidan olib ötilayotgan qöl yuklari va bagajlar tezkorlik bilan va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari doirasida bojxona nazoratidan ötkazilmoqda.
Şuningdek, yurtimizga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar uçun çegara bojxona postlarida alohida yölaklar ham taşkil etilgan, - deyiladi Davlat bojxona qömitasi bayonotida.
P.S.: mendagi maʼlumotlarga köra, Varlamov sözlab bergan voqea 2010-yilda bölib ötgan.
👉 @xushnudbek 👈


