Çet eldagi fuqarolarni olib keliş uçun çarter reyslar grafigi
RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq çet eldagi fuqarolarimizni çarter reyslar orqali olib keliş işlari davom ettirilmoqda.
Çarter reyslar grafigiga muvofiq:
👉 24-27-mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva şahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti böyiça soat 17:00da);
👉 Turkiyaning Istanbul şahridan 24 hamda 27-mart kunlari 2 ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti böyiça soat 23:00da) amalga oşiriladi.
👉 Şunigdek, Koreyaning Seul şahridan 29-mart kuni çarter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oşiriladi.
👉 Xuddi şu kabi kelgusi haftada ham Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay şaharlaridan fuqarolarimizni yurtimizga çarter reyslari orqali olib keliş işlari davom etmoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş lozimki, samolyot ekipaji aʼzolari ham xavfsizlik nuqtai nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib çiqib, karantin ostida saqlanişini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat içida bartaraf etiş çoralari körilayotganligini inobatga olgan holda, çet elda bölib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bölişlari söraladi.
Çarter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barça fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekşiruvlardan ötkaziladi va qatʼiy ravişda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uçun taşkil etilgan sanatoriy va boşqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi.
👉 @xushnudbek 👈

