Bolalarni 1-sinfga qabul qiliş tartibi maʼlum qilindi

Matn9-iyun, 2021, 17:032 daqiqa0 koʻrish

⚡️ Bolalarni 1-sinfga qabul qiliş tartibi maʼlum qilindi

Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron şaklda amalga oşiriladi.

✅ Qabul jarayonlari 2 bosqiçda böladi:

1️⃣-bosqiçda ota-onalar 2021-yilning 15-iyunidan 5-iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali röyxatdan ötib, farzandlari 1-sinfga çiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda 3 ta maktabni tanlaş imkoniyati beriladi.

Birinçi maktab - ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan mikrohududdagi maktab;

Ikkinçi va uçinçi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnaşi uçun qulay bölgan maktablar.

2️⃣-bosqiçda 2021-yilning 6-iyulidan 31-iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinçi maktabga, yaʼni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topşiradilar, bunda hujjatlarni topşiriş töliq elektron şaklda amalga oşiriladi.

✅ Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boşqa maktablarni tanlagan bölsa, yaʼni elektron röyxatdan ötiş vaqtida tanlagan ikkinçi yoki uçinçi maktablarning birida böş örinlar bölgan taqdirda 1-15-avgust kunlari hujjatlarini topşirişlari mumkin böladi.

✅ Qolgan hududlarda 1-sinfga qabul anʼanaviy şaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oşiriladi.

Bunda ota-onalar 15-iyundan -15 iyulga qadar doimiy yaşaş manzili böyiça biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylaştriş uçun hujjatlarini bevosita topşirişlari mumkin.

Şuningdek, 16-iyuldan 15-avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boşqa maktablarga, yaʼni mikrohududiga kirmasa ham böş örinlar bölsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qiliş uçun boşqa maktabga hujjatlarini topşiriş imkoniyati beriladi.

❗️Eslatib ötamiz, “Taʼlim töğrisida”gi yangi tahrirdagi qonunga asosan bolalar 1-sinfga yetti yoşga töladigan yilda (2014-yil 1-yanvaridan 31-dekabrigaça tuğilgan bolalar) qabul qilinadi.

Mazkur qonun talablari mulkçilik şaklidan qatʼi nazar barça taʼlim muassasalari uçun majburiydir.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek