Avtotransportni qayta jihozlaş tartibi tasdiqlandi

Matn1-dekabr, 2020, 19:101 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nimalar avtotransport vositasini qayta jihozlaş deb hisoblanadi? Hukumatning yangi qarori çiqdi

Hukumatning tegişli qarori (№758, 30.11.2020y) bilan, avtomototransport vositasini qayta jihozlaşga ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Unga köra, avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan özgarişlar röyxati tasdiqlandi. Misol uçun:

➖ yukxonaning (bortning) gabarit ölçamlarini özgartiriş (kötariş, uzaytiriş);

➖ yukxona eşiklarining ikki yonga vertikal oçilişiga ruxsat beriş;

➖ çet elda işlab çiqarilgan yengil avtomobillar kuzovini almaştiriş;

➖ avtotransport vositalarining taşqi körinişiga (kuzov) özgartiriş(lar) kiritiş (masalan, “Captiva-3 ” rusumli avtomobilni “Captiva-4 ” rusumiga);

➖ avtotransport vositasining dvigatelini özgartiriş;

➖ yarim tirkamani tirkamaga özgartiriş;

➖ qöşimça yoqilği siğimi (bak) örnatiş;

➖ qöşimça örindiq örnatiş yoki kamaytiriş (olib taşlaş);

➖ avtotransport vositasiga işlab çiqargan korxona tomonidan közda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya örnatiş;

➖ ehtiyot (zaxira) ğildiragini belgilanmagan joyda (orqa eşikka) örnatiş;

➖ avtotransport vositasining konstruksiyasida közda tutilmagan yoritiş çiroqlari (ksenon lampa) örnatiş;

➖ transport vositalariga yalt-yalt etuvçi çiroq-mayoqça va (yoki) maxsus tovuşli işoralar beruvçi moslamalar örnatiş;

➖ avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini örnatiş.

Batafsil röyxat bilan ÖzA - Tezkor xabarlar kanalida (@uzauz) tanişişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek