Maxsus ruxsatnomasiz harakatlaniş huquqiga ega transportlar
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
❓Maxsus ruxsatnomalar kimlardan talab etilmaydi?
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxati tasdiqlandi.
Mazkur röyxatga quyidagilar kiritilgan:
1. Soğliqni saqlaş tizimidagi hamda xususiy tibbiyot taşkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalari.
2. Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) işlab çiqaruvçi taşkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
3. Fuqarolarga keçiktirib bölmaydigan tez tibbiy yordam körsatiş (homiladorlik, tuğruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlaniş terapiyasi, gemodializ yordamini körsatiş, jarrohlik amaliyoti zarur bölganda, inson hayotiga xavf tuğdirayotgan boşqa holatlar) bilan boğliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan şaxsiy avtotransport vositalari.
4. Yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilarga.
5. Yetkazib beriş xizmati (keytering) taşkilotlarining avtotransport vositalari.
6. Kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va çiqindi taşişning maxsus avtotransport vositalari.
7. Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari böyiça vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.
8. Vazirliklar, davlat qömitalari, agentliklar, boşqa davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.
9. Markaziy bank va uning hududiy boşqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.
10. “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK xizmat avtotransport vositalari.
11. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega bölgan avtotransport vositalari. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “M” va “X” davlat raqami belgilariga ega bölgan avtotransport vositalari, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat taşkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini körsatgan holda).
12. Aloqa xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar, “Özbekiston poçtasi” AJ, “Özbektelekom” AK va uning taşkilotlari hamda “Özinfokom” yagona integratori” MÇJga tegişli xizmat avtotransport vositalari.
13. N1, N2 va N3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalari hamda qişloq xöjaligi texnikalari.
14. “Toşşahartransxizmat” AK tarkibiga kiruvçi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalari.
15. Yöl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
16. Dafn marosimlarida xizmat körsatuvçi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini körsatiş maqsadida).
17. Mavsumiy qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvçi M1 (bir nafar yölovçi bilan) toifadagi jismoniy şaxslarga tegişli şaxsiy avtotransport vositalari.
➡️ @uzauz
- 👍 1

