Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Avtomobil vaʼda qilgan firibgarlar uşlandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa0
Kun.uz сайтининг Авто Рентал таъсисчилари ушлангани ҳақидаги хабари скриншоти

Mana bu xabarni öqib, kanalim orqali bir oy avval aytgan fikrlarimni Sizlar bilan yana ulaşgim keldi.

https://kun.uz/35913458

Xullas, yana bitta şunaqa firma taşkilotçilari heç qanday foizlarsiz, 40 oy davomida bölib tölaş şarti bilan yengil avtomobillar yetkazib beramiz degan, 700 ga yaqin sodda yurtdoşlarimiz esa bunga çippa-çin işongan.

Va işonamanki, hali bu oxirgisi emas. Hali bunaqa firmalar yana köp oçilib, köp yopiladi. Odamlar esa ularga işonib, qiynalib topgan millionlarini öz qöllari bilan olib borib topşirişadi.

Moliyaçi döstlarimizdan iltimos, xalqning eng birlamçi moliyaviy bilimlarini oşiriş yölida köproq harakat qilaylik. Aldanayotgan va tergovma-tergov, sudma-sud sarson bölayotgan yurtdoşlarimizni körib yuragim açişadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek