AVTO 60 OY işi va moliyaviy savodxonlik muammolari
Manba:Xushnudbek.uz
Tekin pişloq haqida
«AVTO 60 OY» MÇJ haqidagi xabarni öqib, bir neçta xulosalar çiqariş mumkin:
Birinçidan, aholining moliyaviy savodxonligini oşiriş masalasi huquqiy madaniyatni oşiriş bilan teng ahamiyatli. Sababi odamlar eng oddiy, elementar moliyaviy qoidalarni bilişmaydi, qayerda “arzon” yoxud hattoki “tekin” sözlarini körsa, öşa yerga özini uradi.
Ahmadboy masalasida minglab insonlar milliardlab pullariga kuyib qolganini köra bilib tursa ham, dars bölmaydi, ular yangi Ahmadboylarni qidirib topadi, yangi Ahmadboylar sari pulini quçoqlab yuguradi.
Avval tuyaquş, mana endi, avtokredit masalasi. Yuqorida nomi tilga olingan «AVTO 60 OY» firmasi odamlardan 57 mlrd söm yiğib olgan. Bu 6 mln dollar böladi. 6 mln dollar, Karl! Mana şu xabarlarni öqib turib ham, odamlar «foizsiz kredit» deb reklama qiladigan boşqa firmalarga işonaveradi.
Ikkinçidan, xalqning “oson boyib ketiş”ga iştiyoqmand bölişi uning topiş daromadlari pastligi, qiyinroq yöldan bölsa ham boyiş imkoniyatining deyarli mavjud emasligi bilan boğliq. Ular osmondan 100 mln söm topişga iştiyoqmand böladi, çunki oddiy xalq vakili boşqaça yöl bilan Özbekistonda 100 mln söm topa olişiga közi yetmaydi, bunaqa imkoniyati ham yöq.
Uçinçidan, xalqning yoppasiga arzon şartlardagi avtokreditga özini urişi mamlakatdagi avtosanoatning monopoliyasi bilan ham çambarças boğliq. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda maşina olib beraman, deb aldaydiganlar deyarli uçramaydi, sababi bunga şaroit yaratib beruvçi sunʼiy omillar yöq.
Ammo bizda xalq uçun boşqa muqobil, qulay variant yöq. Özi avtosalonlardan olay desa, maşinalar qimmat, kreditlar stavkasi baland, bozorda arzon tanlov yöq, bölib tölaş böyiça takliflar mavjud emas. Agar monopoliya davom etaversa, heç qaçon bunaqa takliflar bölmaydi ham.
Xalq esa navbatdagi firibgarlarga millionlab dollarini qöş-qöllab olib boradi. Aldanaveradi, aldanaveradi...
Bizning monopollar esa «Biz monopoliyaga qarşimiz» deb bayonotlar beraverişadi...
👉 @xushnudbek 👈
