Auksiondan mulk sotib olişda ehtiyot böling
Manba:Замбаракнинг ўқи
Auksiondan mulk sotib olişda ehtiyot böling.
Quyidagi suratning çap qismiga qarang. Elektron auksionda Renault maşinasi sotilyapti, 25 millonga. Oynasiga ahamiyat bersangiz, avtomobilning davlat raqami turibdi. Raqam Buyuk Britaniyaniki, NC04 ZRG.
Britaniyadagi barça davlat raqamlarni qidiriş xizmatiga kiramiz va yuqoridagi «nomer»ni kiritamiz. Va... maşina öğrilanganini bilamiz.
Davlat auksionida öğrilangan maşina sotilyapti. Kulişniyam, yiğlaşniyam bilmaysan, kişi.
Jurnalist Şuhrat aka Şokirjonov qayta-qayta taʼkidlaydi:
«“Tekinginaga Lacetti bor ekan”, deb, loxga öxşab sotvolib yurmanglar tağin mana bunaqa auksionlardan. Egasi albatta sudning qarorini bekor qilib, auksionni bekor qilib, moşinani qaytarib oladi. Siz esa 4 yillardan keyin buguni kundagi qurb bilan 15 millionga aylangan pulingizni zörğa, bölib-bölib qaytarib olasiz.»
Yuqoridagi «Reno»ning egasi çiqmasa kerag-ov, baribir öğrilangan maşinani haydaş biroz... ğalati-da.


