Özbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganÖzbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil töldi
Keça, 20-iyun kuni, Mustaqillik deklaratsiyamiz qabul qilinganiga 30 yil töldi. Mustaqillik deklaratsiyasi Özbekiston Oliy Kengaşi tomonidan 1990-yil 20-iyunda eʼlon qilingan edi.
Keyinçalik Mustaqillik deklaratsiyasi asosida «Özbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari töğrisida»gi qonun qabul qilindi.
Quyida Mustaqillik deklaratsiyasining matnini havola qilamiz:
MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI
Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: özbek xalqining davlat qurilişidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning öz taqdirini özi belgilaş huquqini taʼminlaşdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kişining farovon hayot keçirişini taʼminlaşni oliy maqsad deb bilgan holda, Özbekiston xalqlarining kelajagi uçun tarixiy masʼuliyatni çuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbaşariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini eʼlon qiladi.
Özbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning öz hududida barça tarkibiy qismlarida va barça taşqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
Özbekiston SSRning davlat hududi çegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qöyilmay turib, özgartirilişi mumkin emas.
Özbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barça tarkibiy va bölinmas qismlari ustidan amalga oşiriladi va şu hududda yaşaydigan aholiga taalluqlidir.
SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar Özbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq Özbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina Özbekiston SSR hududida kuçga ega böladi.
Özbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga Özbekiston SSR içki va taşqi siyosatiga tegişli barça masalalar kiradi.
Özbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
Özbekiston SSR ittifoqdoş respublikalar va boşqa davlatlar bilan özining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boşqa munosabatlarini şartnomalar asosida belgilaydi va amalga oşiradi.
Özbekiston SSR özining taraqqiyot yölini, öz nomini belgilaydi va davlat belgilarini(gerb, bayroq, madhiya) özi taʼsis etadi.
Qoraqalpoğiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi taʼmin etadi. Özbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va Özbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpoğiston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.
Özbekiston SSRning qonun çiqaruvçi hokimiyati Özbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oşiriş uçun zarur bölgan qonunlarni işlab çiqadi, Özbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilişini belgilaydi.
Özbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzişga qaror qilganini bildiradi, Özbekiston SSRda yaşayotgan barça millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huqukdariga hamda ona tillari rivojlantirilişiga kafillik beradi.
Uşbu Deklaratsiya Özbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq şartnomasini işlab çiqiş uçun asosdir.
Uşbu deklaratsiya Özbekiston SSR Oliy Sovetining 1990-yil 20-iyunda bölib ötgan ikkinçi sessiyasida qabul qilingan
P.S.: nima uçundir Mustaqillik deklaratsiyasining matni LexUz bazasidan öçib ketibdi. Bunday sahifa mavjud emas demoqda.
👉 @xushnudbek 👈


