Turistlarga koronavirus uçun 3 ming dollar kompensatsiya
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Özbekistonga kelgan turist koronavirus yuqtirib olsa, unga 3 ming dollar beriladi
Bu haqda bugun qabul qilingan Prezident qarorida belgilab berildi.
Mabodo yurtimizga kelgan sayyoh bizda koronavirus yuqtirib olsa, unga 3 ming AQŞ dollari miqdorida kompensatsiya beriladi. Bu orqali turistlarga Özbekiston xavfsiz mamlakat ekanligini körsatiş va ularni yurtimizga çorlaş maqsad qilingan.
"Uzbekistan. Safe Travel Guaranteed" ("Özbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlanadi") nomli tizim yaratiladi. Yurtimizda turistlar borişi mumkin bölgan xavfsiz joylar reyestri yaratiladi.
Reyestrga kirgan obyektlarda 31-dekabrgaça kerakli sanitar çora-tadbirlarni amalga oşirişda tadbirkorlar qilgan barça xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
