Özbekiston Konstitutsiyasining qabul qiliniş tarixi
#Bilasizmi #Konstitutsiya_kuni
Konstitutsiyamizning qabul qiliniş tarixi
👉 1990-yil 20-iyunda Özbekiston Oliy Kengaşi mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasini işlab çiqiş maqsadida Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov boşçiligida 64 kişidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzdi.
👉 Dastlab Konstitutsiyaning uçta muqobil konsepsiyasi yaratilgan:
1️⃣ Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi;
2️⃣ Siyosatşunoslik va boşqaruv institutining konsepsiyasi;
3️⃣ Prezident devoni yuridik bölimi konsepsiyasi.
Işçi guruh majlisida uçinçi konsepsiya asos sifatida qabul qilingan.
👉 Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yilning 3-çoragida tugatilib, u muqaddima, olti bölim, 158 moddadan iborat edi.
👉 1992-yilning bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat ikkinçi varianti işlab çiqildi.
👉 Konstitutsiya loyihasining uçinçi varianti 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uçun matbuotda eʼlon qilindi. Ikki yarim oylik muddat mobaynida muhokama qilingan loyiha fuqarolar taklif va mulohazalari asosida qayta tuzilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettiriş uçun ikkinçi marotaba matbuotda eʼlon qilindi.
👉 Şunday qilib, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilindi.
👉 @xushnudbek 👈


