Abdulaziz Komilovning Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralari

Matn9-oktabr, 2018, 14:182 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Abdulaziz Komilov 19 yil avval «Tolibon» bilan muzokaralar olib borgan. 19 yildan söng Afğoniston muxolifatini murosaga çaqirmoqda

Özbekiston ayniqsa sönggi ikki yildan beri Afğonistonda tinçlik örnatilişi uçun katta işlarni amalga oşiryapti. Umuman olganda, Özbekiston mustaqillikka erişganidan beri yon qöşnisi, jon qöşnisi Afğonistonning tinç yaşaşi uçun harakat qilib keladi, xalqaro jamoatçilik eʼtiborini har doim afğon muammosiga qaratişga uringan. Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ham buni tasdiqlagandek, 8-oktabr kuni Instagramdagi rasmiy sahifasida öz şaxsiy arxividagi Afğonistonga aloqador baʼzi suratlarni eʼlon qilgan.

Birinçi surat 1999-yili Qandahorda olingan. Unda vazir Komilov «Tolibon»ning öşa vaqtdagi rahbari Mulla Umarning taşqi işlar vaziri Mulla Mutavakkil bilan birga suratga tuşgan. Ikkinçi surat 2018-yil iyulida poytaxt Kobulda olingan. Unda Abdulaziz Komilov sobiq dala qömondoni, Afğonistonning 1993—1994 va 1996-yillardagi boş vaziri, hozirda esa amaldagi afğon hukumatiga muxolifatdagi siyosatçi Gulbiddin Hikmatyor bilan suhbatlaşib ötirgani aks etgan.

Mulla Mutavakkil kim? «Tolibon» qurgan Afğoniston islom amirligining sönggi taşqi işlar vaziri, bundan avval esa «Tolibon» rahbari Mulla Umarning matbuot kotibi. U «Tolibon»ning möʼtadil kayfiyatdagi aʼzolaridan biri bölgan, u hatto Ğarb bilan kelişiş tarafdori bölgani aytiladi. AQŞ bosqini ortidan «Tolibon» hokimiyatdan ağdarilgaç, Mulla Mutavakkil ikki yil qamoqda ötirgan, ozodlikka çiqqan Afğoniston prezidenti Hamid Karzay unga vazir lavozimini taklif qilgan, biroq mulla bu taklifni rad etgan.

Gulbiddin Hikmatyor kim? U 1973-yildan beri, ha, hali Afğonistonda uruş boşlanmasidan avval ham muxolifatda bölgan. Pokistonga köçib, öşa yerda Afğoniston islom partiyasiga asos solgan. 1979—1989-yillarda AQŞ va Pokiston kömagida sovetlarga qarşi kuraşgan. 2003-yili AQŞ tomonidan terrorçi deb eʼlon qilingan, BMTning «qora röyxati»ga kiritilgan. 2016-yili esa Afğoniston hukumati bilan tinçlik bitimini imzolab (öşanda Kobulda: «Biz bu qassobni unutmaymiz!» şiori ostida Hikmatyorga qarşi namoyişlar bölib ötgan), özining qurolli kuçlarini tarqatib yuborişga rozi bölgan (öşanda bu «Tolibon»dan keyingi eng katta ikkinçi qurolli guruh edi). 2017-yili BMT ham unga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgan.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Hokimliklardagi korrupsiya: bir oylik hisobot

    02 daqiqa

  2. Özbekistonda şaharlarning turlari va maqomi

    02 daqiqa

Yana oʻqing