Hokimliklardagi korrupsiya: bir oylik hisobot

Matn8-oktabr, 2018, 21:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oxirgi 1 oyda hokimliklarning pora bilan qölga tuşgan vakillari:

11-sentabr - Toşkent şahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qölga olingan. Ayrim manbalar, u investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni talab qilgan deyişdi.

15-sentabr - Andijon şahar hokimligi boş mutaxassisi firibgarlik yöli bilan "Jahon bozori" savdo kompleksi hududidagi böş turgan 60 kv.metr yer maydonini tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun ajratib beriş evaziga mahalliy tadbirkordan 17500 AQŞ dollari talab qilib, şundan 16000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

16-sentabr - Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimi örinbosari tuman kadastr bölimi mutaxassisidan 100 AQŞ dollari pora olayotganida qölga tuşdi. Kadastr mutaxassisi esa boşqa bir fuqarodan 0,30 ga lalmi yer uçastkasi ajratib beriş evaziga 30 million söm olgan.

26-sentabr - Muborak tuman hokimi yordamçisi quriliş taşkiloti hisob raqamiga ajratilişi kerak bölgan 302 million söm mablağning 7%ini, yaʼni 21 mln sömni pora sifatida olayotganda qölga tuşgan. U bu pullarni Muborak tuman hokimligi moliya bölimi boşliğiga berişi kerakligini aytgaç, şerigi ham qölga olingan.

29-sentabr - Namangan viloyatining Çust tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Şarofiddin Yusupjonov boğdorçilik fermer xöjaligi taşkil etiş uçun 5,3 gektar yer maydoni beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari talab qilib, 1800 dollarni olayotgan vaqtida uşlandi.

5-oktabr - Toşkent viloyati hokimligi Moliya boş boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari J.N. turizm uçun ajratilgan zaxira yerlardan 3 gektar maydonni olib berişni vaʼda qilib, evaziga oldindan 5000 AQŞ dollari pora olayotganida qölga tuşdi.

7-oktabr – Xiva şahar hokimi örinbosari Ş.O. kadastr bölimi mutaxassisidan 2000 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Berilgan pora evaziga fuqaroga 1000 kv. metr yer uçastkasi ajratib berişni vaʼda qilgan.

Bu aniqlanganlari xolos. Hali aniqlanmagan korrupsion jinoyatlar qança ekan-a?!

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek