3 ta tuman abituriyentlari uçun qöşimça kvota ajratiladi
3ta tumanning öqişga kira olmagan abituriyentlari uçun qöşimça kvota ajratiladi
Test sinovlarida yetarli ball töplay olmagan Qoraqalpoğistonning Möynoq, Taxtaköpir va Qoraözak tumanlarida doimiy yaşovçi abituriyentlar öqişga qöşimça qabul qilinadi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Buning uçun abituriyent eng kamida 56,7 ball töplagan bölişi kerak (maksimal 189 ballning 30 foizi) va tibbiyot yönalişlaridan boşqa sohani tanlaşi darkor. Öqişga tölov-şartnoma asosida qabul qilinadi va öqişni tugatgandan keyin şu hududlarda kamida 5 yil işlab berişi kerak.
Ertaga, 13-noyabrdan boşlab uşbu 3 ta tumanda 4 ta sektor rahbarlari hamda oliy öquv yurtlari vakillari iştirokida yuqoridagi talablar asosida öqişga xohiş bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uçraşuv taşkil qilinmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



