Telefonga olingan qoidabuzarliklar uçun jarima qöllanadi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
Endi mobil telefonga tasvirga olingan yöllardagi qoidabuzarliklar uçun ham jarima qöllanadi
Hukumatning tegişli qarori (№713, 11.11.2020y) bilan yöl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişga oid amaldagi tartibga özgariş kiritildi.
Unga köra, 2021-yil 1-yanvardan boşlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga oliş texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglaştiriladi hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan tartibda körib çiqiladi.
Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tuşirilib, yuborilgan tasvirlargina körib çiqilar, lekin boşqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qöllaş uçun asos böla olmas edi.
Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tuşirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborişlari mumkin.
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz


