Dunyoda jurnalistlarga nisbatan tazyiq va qotilliklar
Öldirilayotgan jurnalistlar
Jurnalistlik kasbi osonmas. Kimlargadir yoqmaydigan gaplarni aytiş ortidan öziga köpgina duşman orttiriş tabiiy. Agar duşman ahmoq va katta kuçga ega zöravon bölsa, unda xavf yanada kuçayadi.
Masalan, Meksikada oxirgi 10 kunda 3 nafar jurnalist öldirib ketildi. «Çegara bilmas muxbirlar», «Jurnalistlar himoyasi böyiça qömita» hamda Inter American Press Association taşkilotlari birgalikda Meksika hukumatiga qöşma murojaat yölladi va jurnalistlarga nisbatan tazyiqlarni töxtatişga çaqirdi.
Şuningdek, Filippinda bir radiojurnalist öldirib ketildi. Marhum öz faoliyati davomida doimiy ravişda prezident Rodrigo Duterte boşçiligidagi Hukumatni tanqid qilib kelgan. Huquq himoyaçilarining aytişiça, 2016-yil Duterte hokimiyat tepasiga kelgandan buyon 18 nafar jurnalistlar ana şunday halok bölgan.
👉 @xushnudbek 👈



