Yangi öquv yilidan davlat granti bir öquv yili uçun ajratiladi va qayta taqsimlanadi
Davlat grantiga oid özgarişlar:
— yangi öquv yilidan boşlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir öquv yili uçun ajratiladi;
— grant birinçi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kiriş imtihonlarida yuqori ball töplagan talabalarga ajratiladi;
— ikkinçi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting körsatkiçlariga erişgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalaştirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, yaʼni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.;
— stipendiya faqat töliq (100% lik) grantni yutgan talabalarga tölanadi;
— turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida öqişga kirgan talabalarga davlat granti ularning öqiş davri uçun töliq hajmda beriladi (özlaştiriş körsatkiçidan qatʼi nazar);
— grantda öqigan talabalarning öqişni tamomlaganlaridan söng kamida 3 yil işlab beriş majburiyati bekor qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈


