Nodavlat oliygohlarga öqişni köçiriş tartibi yengillaştirilişi kutilmoqda
❗️Tuzatiş va töldiriş:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarori 3-“v”-bandiga köra, nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari talabalarining öqişini köçirib ötkaziş (mahalliy va xorijiy) davlat oliy taʼlim taşkilotlari uçun belgilangan talablar asosida amalga oşiriladi.
Şu sababli joriy yildan quyidagi hollarda “perevod” tartibi özgargan:
➖Davlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bölgani kabi 2 ta sabab söralmoqda (turmuşga çiqiş yoki ota-onasining iş joyi özgarişi).
➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bölgani kabi 2 ta sabab söralmoqda (turmuşga çiqiş yoki ota-onasining iş joyi özgarişi).
➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bölgani kabi test imtihoni orqali öqişni köçiriş mumkin böladi.
***
Garçi bu ayni kunlarda talab qilinayotgan yangi qoida bölgani bilan amaliyotda kutilmagan jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. Sababi davlat yoki nodavlat oliygohidan boşqa nodavlat oliygohga ötkazişda qanaqadir ommaviy öyinlar yoxud qinğirliklar kuzatilmaydi. Bu asosan kontrakt narxining qimmatligi, şaroit yomonligi, öqiş jarayonlarining sifatsizligi yoki aksinça talab qattiqligi (qiyinligi) bilan boğliq böladi. Bunaqa holatlarda talabalarning erkini çeklaş notöğri, menimça.
Ayni şu sabablar tufayli hozirda mazkur tartibga özgariş tayyorlanmoqda ekan. Tegişli masʼullar bilan bu haqda gaplaşdim, ular tez orada tartib yengillaştirilişi kutilayotganini maʼlum qilişdi.
Kutilayotgan yengilliklar nimadan iborat böladi:
➖Davlat oliygohdan nodavlatga — bunda mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida öqiyotgan talabani öziga qabul qilişi mumkinligini özi belgilaydi;
➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — bunda ham mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boşqa nodavlat oliygohida öqiyotgan talabani öziga qabul qilişi mumkinligini özi belgilaydi;
➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bölgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo ötiş bali aynan davlatniki bilan bir xil bölmaydi. Yönalişlar kesimida ötiş ballarini nodavlat oliygohlarning özi belgilaydi, faqat asosiy şarti 56,7 balldan kam bölmasligi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


