Tushuntirish

Öqişni köçirişda qaysi sertifikatlar uçun tabaqalaştirilgan yoki maksimal ball beriladi?

Matn15-iyul, 2026, 18:282 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓ Öqişni köçirişda qaysi milliy va xalqaro sertifikatlar uçun tabaqalaştirilgan yoki maksimal ball beriladi?

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat oliy taʼlim taşkilotlarining mos va turdoş bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişini köçirişda quyidagi sertifikatlarga ega talabgorlarga tegişli fanlardan tabaqalaştirilgan yoki maksimal ball beriladi:

➖ Umumtaʼlim fanlari böyiça milliy sertifikatlar;
➖
Çet tili böyiça milliy sertifikatlar.;

📑 Xalqaro sertifikatlar:

▪️ “A Level” (kimyo, matematika, biologiya, fizika fanlari) — “B” va undan yuqori daraja;

✔️ Çet tili sertifikatlari:

• ingliz tili — ELTS (5.5+), TOEFL iBT (72+), Cambridge Exams, Linguaskill, iTEP;
• nemis tili — TestDAF, DSD, Goethe-Zertifikat;
• fransuz tili — DELF/DALF, Test de Connaissance du Français (TCF);
• ispan tili — DELE, SIELE;
• turk tili — TYS;
• koreys tili — TOPIK II;
• arab tili — AT Tanal Al Arabi;
• xitoy tili — HSK.

❗️Sertifikat darajasiga köra ball taqsimoti:

➖ B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uçun — tegişli fan böyiça belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi;

➖ B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uçun — tegişli fan böyiça maksimal ball beriladi.

ℹ️ Muhim: Milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa ariza topşiriş jarayonida elektron şaklda yuklanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek