Rossiya bilan savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazişga kelişib olindi (2023-yilda 9,9 mlrd dollar edi)
Rossiya bilan savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazişga kelişib olindi (2023-yilda 9,9 mlrd dollar edi)
Rossiya Prezidentining taşrifi daydjesti:
— bugun, 27-may kuni Köksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat taşrifini amalga oşirayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi;
— söngra, Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda bir qator masalalar qatorida yetakçi korxonalarning qöşma loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Qöşma investitsiya platformasini işga tuşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi;
— uçraşuvdan söng muzokaralar rasmiy delegatsiyalar iştirokida kengaytirilgan tarkibda bölib ötdi. Tomonlar yangi maqsadli körsatkiçga - yaqin istiqbolda savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazişga kelişib oldilar;
— muzokaralar yakunlari böyiça Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qöşma bayonotni imzoladi;
— tadbirlar yakunida prezidentlar birgalikda daraxt ekdi;
— Özbekiston-Rossiya sammiti doirasida davlat rahbarlari Toşkent şahridagi «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasiga taşrif buyurdi va Zulfiya aya Zokirova xotirasiga örnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulçambar qöydi.
👉 @xushnudbek 👈
