Xalq banki xodimlari va hokim yordamçilari kredit mablağlarini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda
Davlat xavfsizlik xizmati:
“Xalq banki”ning Özbekiston bank xizmatlari markazida işlovçi mahalla bankiri mazkur markaz boşqaruvçisi örinbosari bilan özaro til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 mln söm kredit ajratib beriş evaziga 10 mln söm talab qilgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda mahalla bankiri söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, u kredit ajratib beriş uçun muqaddam 600 ming söm, bank boşqaruvçisi örinbosari esa 920 ming söm olgani aniqlandi.
Şuningdek, “Xalq banki” Özbekiston BXM mansabdor şaxslari, Özbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlaridagi
2 nafar hokim yordamçisi va ulgurji savdoga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari soxta hujjatlar asosida boşqa fuqarolar nomiga 153 mln söm miqdorida maqsadsiz kredit ajratilişiga erişib, ularni naqdlaştirib, talon-toroj qilganliklari ham maʼlum böldi.
Taʼkidlanişiça, BXM boşqaruvçisi örinbosari muqaddam 2000 va 2015-yillarda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan sudlangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining
168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars



