DXX: Sirdaryoda hokim örinbosari, Navoiyda hokim yordamçisi uşlandi
❗️DXX: Sirdaryoda hokim örinbosari, Navoiyda hokim yordamçisi uşlandi
➖ Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi örinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasining tuman bölimi mutaxassisi özaro til biriktirib, tasarrufida 452 gektar yeri bölgan fermer xöjaligini kelgusi yil şoli yetiştiriş taqsimotiga kiritiş, eksport rejasi bajarilganini tasdiqlaş, taqsimotsiz şoli yetiştirganlik holatiga nisbatan çora körmaslik, şuningdek, goʼyoki DXX tomonidan ötkazilayotgan tekşiruvda uni himoya qiliş evaziga xöjalik rahbaridan 10 ming AQŞ dollari olgan.
Keyinroq esa hokimi örinbosari yer maydonini davlat zaxirasiga olib qöyiş va fermer xöjaligi rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğattiriş bilan tahdid qilib, qöşimça 20 ming dollar talab qilgan.
U söralgan puldan 10 ming dollarni özining şerigi orqali olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.
***
➖ Navoiy viloyati Karmana tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi noqonuniy ravişda 40 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Aniqlanişiça, u özganing işonçiga kirib, 2024-yilda boşqa bir fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yöli yoqasidagi 12 kv/metr yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 100 mln söm talab qilgan.
Hozirda hokim yordamçisiga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
- 1 Telegram Stars


