UrDU dekani ijodiy imtihondan ötkazib beraman deb pul olganda uşlandi
UrDU dekani ijodiy imtihondan ötkazib beraman deb pul olganda uşlandi
Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1986-y.t. şaxs özining mansabdor tanişlari orqali, Toşkent viloyatining Örtaçirçiq tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni IIV Akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 22 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
***
Qarşi innovatsion taʼlim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni TATUning Qarşi filialiga mazkur oliy taʼlim muassasasidagi tanişlari orqali har birini 4 ming AQŞ dollaridan, jami 12 ming AQŞ dollari evaziga 2-kursdan öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 11 ming 700 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
***
Qamaşi tumanida yaşovçi, 1987-y.t. şaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni Toşkent davlat pedagogika universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
***
Olmaliq şahar bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiyi özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga Olmaliq şahrida yaşovçi fuqarodan 3500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
***
Urganç davlat universitetining fakultet dekani Gurlan tumanida yaşovçi, 1990-y.t. fuqaroning işonçiga kirib, uning qarindoşini mazkur oliy taʼlim muassasasiga öqişga kirişda böladigan ijodiy imtihonlardan ötkazib beriş evaziga 2600 AQŞ dollari va 2,5 mln. söm olgan vaqtida uşlandi.
***
Urganç ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabining bölim boşliği Boğot tumanida yaşovçi fuqaroga tanişlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati institutiga öqişga kirişi uçun yöllanma olib beriş va amaliy imtihonda kömaklaşiş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.
👉 @xushnudbek 👈


